«O?zto?qimachiliksanoat» raisining xorijiy maslahatchilari tanishtirildi

29.04.2019 17:37

O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan matbuot anjumanida uyushma raisining xorijiy maslahatchilari tanishtirildi, deb xabar bermoqda uyushma axborot xizmati.Bugungi kunda, Yevropa ittifoqi va Osiyoda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasining manfaatlarini 5 nafar chet ellik ekspert taqdim etmoqda.Professor Kim In Og - texnika fanlari doktori, Koreya Dongin Universiteti professori va "The Rainbow" kompaniyasi prezidenti. Koreya Respublikasi bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisi maslahatchisi.Kimning ko‘magida koreyalik hamkorlar bilan bir qator loyihalar amalga oshirilmoqda, xususan, 2019 yil sentyabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan sanoat kolleksiyalari ko‘rgazmasi, Kungin xalqaro ayollar universitetining filialini Toshkent shahrida tashkil etish loyihasi, Koreyaning "Dayewon" kompaniyasi bilan birgalikda mato ishlab chiqarish loyihasi amalga oshirilmoqda.

Van Xuntu - “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining Xitoy bilan to‘qimachilik sanoati sohasida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha maslahatchisi. Vangning bevosita ishtiroki bilan Jinshen Groupning O‘zbekistondagi yirik loyihalaridan biri bo‘lgan LT Textile International xorijiy korxonasi loyihasi amalga oshirildi.Bundan tashqari, Uyushma manfaatlari Hindistonda Gaurav Parmar tomonidan, Bangadeshda Mexdi Mahbub tomonidan, Latviyada Alvis Bukovskiy tomonidan ilgari surilmoqda.

(Manba: Kun.uz)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net