"O'zsanoatqurilishbank" London fond birjasida navbatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi

25.07.2024 16:10

"O'zsanoatqurilishbank" London fond birjasi asosiy bozorida Reg S va 144A formatida AQSH dollari va o'zbek so'mida navbatdagi xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri

Ushbu formatdagi obligatsiyalar nafaqat Yevropadan, balki AQSH, Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo va boshqa mintaqalardan ham yangi investorlarni jalb qilish imkoniyatini yaratdi.

Bank vakillari shu yil 12-16-iyul kunlari Britaniyaga tashrifi davomida "Morgan Stanley", "Fidelity", "Goldman Sachs Asset Management", "Amundi" va "LGIM" kabi 60 ta global investitsiyalarni boshqarish tashkilotlari bilan muzokara o'tkazdi.

Taqdimot va muzokaralarda bank rahbariyati tomonidan investorlarni O'zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar, bank-moliya tizimining holati, bankning roli va uning asosiy ko'rsatkichlari to'g'risida ma'lumotlar taqdim etildi.

Bankning xalqaro obligatsiyalarni joylashtiruv jarayondagi savdolarida 21 mamlakatdan 70 dan ortiq sarmoyadorlar tomonidan umumiy qiymati 900 million AQSH dollaridan ortiq bo'lgan takliflar kelib tushdi.

Natijada 400 million dollar va 2,25 trillion so'm miqdorida mablag'lar jalb qilindi.

Ushbu jalb qilingan xorijiy investitsiyalar "O'zsanoatqurilishbank" mijozlarining istiqbolli "yashil", barqaror va ijtimoiy loyihalarini moliyalashtirishga yo'naltiriladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net