O?zbekistonda xorijiy sarmoyalar ishtirokidagi korxonalarning eng ko?p ulushi savdo sohasiga to?g?ri keladi

19.10.2022 16:58

“Dunyo” AA/. Statistika davlat qo‘mitasi O‘zbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni to‘g‘risidagi maʼlumotlarni eʼlon qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Unga ko‘ra, 1 oktyabr holati bo‘yicha xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning umumiy soni 14 ming 768 ta bo‘lib, ulardan 6 ming 267 tasi qo‘shma korxona, 8 ming 501 tasi esa xorijiy korxonalardir.

Tarmoqlar bo‘yicha xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning eng ko‘pi – 4 ming 409 tasi savdo, 4 ming 199 tasi sanoat, 1 ming 202 tasi qurilish, 742 tasi qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi, 606 tasi turar joy va oziq-ovqat xizmatlari, 606 tasi axborot va kommunikatsiya, - 588, tashish va saqlash - 417, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar - 219 va 2 ming 386 tasi esa boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz: O‘zbekistonda eng ko‘p Rossiya kapitali ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net