O?zbekiston va Venspils porti: tashqi savdo yuklarini tranzit qilish imkoniyatlari

05.11.2022 11:03

“Dunyo” AA/. Kecha O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) Venspils erkin porti (Latviya) va unga tutash erkin iqtisodiy zona delegatsiyasi vakillari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

ITSV maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuvda o‘zaro savdo va tranzit yuk tashish hajmini oshirish uchun shart-sharoit yaratishni nazarda tutgan holda ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik masalalari ko‘rib chiqildi. Xususan, port terminali va boshqa obyektlarni ijaraga olish, shuningdek, erkin iqtisodiy zonada yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish va GSP+ Preferensiyalar bosh tizimi doirasida o‘zbek eksportyorlariga beriladigan imtiyozlarlardan foydalanib, Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga tovarlar eksportini ko‘paytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, port va EIZdan foydalanish O‘zbekiston tashqi savdo yuklarini Skandinaviya davlatlari, Braziliya, AQSH va Kanadaga tranzit qilish bilan bir qatorda saqlash hamda chakana savdo tizimlariga tarqatish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshirishi ham qayd etildi.

Muzokaralar yakunida tomonlar aniq amaliy natijalar va kelishuvlarga erishish maqsadida faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirishdi.

Maʼlumot o‘rnida qayd etish joiz, Venspils erkin porti Yevropa darajasida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan sanoat markazi hisoblanib, port xizmatlarini amalga oshiradi. U Boltiq dengizining sharqiy qirg‘og‘ida joylashgan va muzlamaydigan portlar toifasiga kiradi. Yuk aylanmasi bo‘yicha u Latviyada ikkinchi o‘rinda turadi. 2021 yilda portning umumiy yuk aylanmasi 11,1 million tonnani tashkil etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net