O?zbekiston va Turkiya o?rtasidagi o?zaro savdo aloqalarini yana-da mustahkamlash istiqbollari muhokama qilinmoqda

12.10.2022 16:10

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari Laziz Qudratov Turkiya savdo vazirining o‘rinbosari Uzgur Volkan Agar bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,   muloqot chog‘ida ikki davlat o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, o‘zaro tovar ayirboshlash hajmining o‘sishidagi ijobiy tendensiya yuzasidan fikr almashildi.  Tomonlar o‘zaro tovar ayirboshlash doirasini kengaytirish va hajmini oshirish, imtiyozli savdo bitimini ratifikatsiya qilish jarayonini faollashtirish orqali kompleks chora-tadbirlarni ko‘rishga, savdo sohasidagi to‘siqlarni bartaraf etish, savdo operatsiyalarini amalga oshirishda bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish va bu sohada raqamli yechimlarni joriy etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Qayd etilganidek, 2022 yilda Samarqand shahrida bo‘lib o‘tishi kutilayotgan Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti hamda yaqin oylarda O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Qo‘shma bojxona kengashining 3-yig‘ilishi doirasida o‘zaro savdoni rivojlantirish bo‘yicha qator qo‘shimcha, ikki tomonlama va ko‘p tomonlama chora-tadbirlar kelishilishi mumkin.

Ikki davlat o‘rtasida transport infratuzilmasini rivojlantirish, yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va tranzit yuk tashish hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish istiqbollari ko‘rib chiqildi. Tomonlar transport-logistika sohasida ijobiy dinamikani saqlab qolish va kuchaytirish maqsadida hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha muhokama qilingan loyiha va tashabbuslarni ro‘yobga chiqarish maqsadida hamkorlikni mustahkamlashga kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net