О?ZBEKISTON VA TURKIYA O`RTASIDA IQTISODIY HAMKORLIK IZCHIL RIVOJLANMOQDA

24.07.2019 11:19

O‘zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.

ANQARA, 24 iyul. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston va Turkiya o`rtasidagi munosabatlar so`nggi yillarda jadal sur`atlar bulan mustahkamlanib, rivojlanib bormoqda. O’zaro manfaatli aloqalarda, ayniqsa, mamlakatimiz uchun ustivor bo`lgan savdo-iqtisodiy hamkorlikda bardavom ijobiy tendensiya kuzatilmoqda.

 Ushbu aloqalarni rivojlantirishda muhim mexanizmlaridan biri - bu O‘zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning muntazam faoliyatidir. Anqara shahrida mazkur qo`shma komissiyaning beshinchi yig'ilishi bo`lib o`tdi.

 Tadbir doirasida mamlakatimizimg Anqaradagi elchixonasi tomonidan hukumatlararo muzokaralardan tashqari “O‘zbekiston – Turkiya” biznes-forumi hamda “Yangi O‘zbekiston” va “Yangi Turkiya” jurnallarining taqdimot marosimi tashkil etildi.

 Ushbu tadbirlarda O‘zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari Elyor Ganiyev va Turkiya Vitse-Prezidenti Fuat Oktay boshchiligida ikki davlat hukumatlari, vazirlik va idoralari rahbarlari, ishbilarmon doiralar, keng jamoatchilik, diplomatik korpus va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. “O‘zbekiston – Turkiya” biznes-forumida Turkiyaning 400 dan ziyod korxonasi vakillari qatnashdi.

 

Tadbirda so`zga chiqqan O‘zbekiston Respublikasining Turkiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Alisher Agzamho`jaev so’nggi yillarda ikki davlat o’rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochilgani, aloqalar strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini ta`kidladi. Bunda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo’g’an o’rtasidagi do’stona aloqalar, muntazamlik kasb etayotgan uchrashuvlar, samimiy muloqotlar muhim o’rin tutganini e`tirof etildi.

 

O‘zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning o`zbek tomonidan hamraislik qilayotgan O‘zbekiston Bosh vaziri o`rinbosari Elyor Ganiyev o`z so`zida mamlakatimiz bozori, tobora erkinlashayotgan iqtisodiyoti, qulay investitsiyaviy muhiti turkiyalik tadbirkorlarda katta qiziqish uyg’otayotgani, bu esa har ikki tomon uchun ham manfaatli hamkorlikni rivojlantirishda muhim omil ekanini aytib o`tdi. Turkiya O`zbekistonning muhim savdo-iqtisodiy hamkori ekanini e`tirof etarkan, E.Ganiyev mazkur mamlakat bilan aloqalarda to`gridan-to`g`ri sarmoyalar, turustlar va ilg`or texnologiyalarni yurtimizga jalb qilish va ushbu davlatga exportimiz hajmini oshirib borish biz uchun ustivor yo`nalish ekanini ta`kidladi.

 Hukumatlararo komissiyaga Turkiya tomonidan hamraislik qilayotgan Turkiya Vitse-Prezidenti Fuat Oktay O`zbekiston va Turkiya xalqlari ko‘p asrlik tarixi, qadriyatlari va urf-odatlari bilan bir-biriga chambarchas bog‘langani, qon-qardosh ekanligiga e`tibor qaratarkan, bugungi kunda aloqalar yanada mustahkamlanib sifat jihatidan yangi bosqichga chiqqanini ta`kidladi. Joriy yil Anqarada oliy darajadagi Oʻzbekiston–Turkiya strategik sheriklik kengashi birinchi yigʻilishining oʻtkazilishi koʻp qirrali munosabatlarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi, - dedi Turkiya Respublikasi Vitse-Prezidenti.

 Tadbir doirasida e`lon qilingan ma`lumotlarga ko`ra, O‘zbekiston va Turkiya ortasidagi o’zaro savdo hajmi dinamik shaklda tobora oshib bormoqda. 2016 yil o`zaro savdo hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yil bu ko`rsatkich 30 foizga ortib, 1,5 milliard dollarga yuksaldi. 2018 yil yakunlariga ko`ra esa, davlatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2,2 milliard dollardan oshib ketdi. 2019 yilning birinchi yarmida o’zaro savdo hajmi 1,2 milliard dollarni tashkil etdi. O`zaro savdo hajminig deyarli yarmi, ya’ni yillik o`lchamda o`rtacha 1 milliard dollar - bu O‘zbekistonning Turkiyaga eksportidir. Bu ko`rsatkich bo`yicha Turkiya O‘zbekistonning tashqi iqtisodiy aloqalar bo`yicha sheriklari qatorida birinchi beshlikka kiradi.

 O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritish bo`yicha ham Turkiya xorijiy davlatlar orasida yetakchi o`rinlardan birini egallab kelmoqda. Mamlakatlarimiz o`rtasida ishlab chiqilayotgan yangi sarmoyaviy loyihalarning umumiy hajmi 3,5 milliard dollardan oshib ketdi.

 2018 yil mamlakatimizda turk kapitali ishtirokida 270 ga yaqin korxona qurilgan edi. 2019 yilning birinchi yarmida esa Turkiya kapitali ishtirokidagi yana 231 ta yangi korxona tashkil etilgan. O‘zbekistonda turk sarmoyasi ishtirokidagi firma hamda kompaniyalar 1 ming 200ga yaqinlashib qoldi.

 Shunisi e`tiborga molikki, O`zbekistonga turistlar yuborish boyicha ham Turkiya “uzoq xorij” o`lkalari ichida birinchi o`rinda kelmoqda. 2017 yil ushbu davlatdan mamlakatimizga kelgan turistlar soni 18 ming atrofida bo`lgan bo`lsa, 2018 yil bu ko`rsatkich deyarli to`rt barobarga o`sib, 78 ming kishini tashkil qildi.

 Anqarada ishchan kayfiytda o`tgan muzokaralar ikki mamlakat o`rtasidagi bunday samarali hamkorlikni yanada mihimroq natijalarga olib chiqish uchun hali safarbar qilinmagan imkoniyatlar borligini ko`rsatdi.

 O‘zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyaning beshinchi yig'ilishi hamda “O‘zbekiston – Turkiya” biznes-forumi yakunida o’zaro savdo-iqtisodiy hamkorlik borasida yangi salmoqli shartnomalar imzolandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net