O?zbekiston TIV rahbari va UNWTO bosh kotibi 2023-yil Samarqand shahrida o?tkaziladigan UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlarini ko?rib chiqdi

07.11.2022 11:21

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov bugun mamlakatimizga tashrif buyurgan Jahon sayyohlik tashkiloti (UNWTO) bosh kotibi Zurab Pololikashvili bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

TIV maʼlumotiga ko‘ra, Zurab Pololikashvili O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini takomillashtirish, tarixiy obidalarni saqlash va rekonstruksiya qilish, sayohatchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan tizimli chora-tadbirlarga yuqori baho berdi.

UNWTO uchun O‘zbekiston yetakchi sheriklardan biri bo‘lib, Tashkilot respublika bilan aloqalarni har tomonlama jadallashtirishga tayyorligini maʼlum qilindi. Mazkur tuzilma O‘zbekistonning turizm sohasida xalqaro hamkorlikni mustahkamlashdagi rolini yuqori baholagan holda, mamlakatimiz tomonidan Buyuk ipak yo‘lini tiklash, Markaziy Osiyoda mintaqalararo turizmni rag‘batlantirish, mintaqaviy sayyohlik dasturlarini ishlab chiqish va transchegaraviy yo‘nalishlarni shakllantirish orqali sayyohlar oqimlarni ko‘paytirish bo‘yicha olib borayotgan siyosatini eʼtirof etmoqda.

Taʼlim jabhasidagi aloqalarga alohida eʼtibor qaratildi. Samarqand shahridagi "Ipak yo‘li" Xalqaro turizm universitetini soha bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashga ixtisoslashgan mintaqaviy markazga aylantirish, UNWTOga aʼzo mamlakatlarning sayyohlik oily o‘quv yurtlari rektorlari forumini o‘tkazish, Tashkilot bilan birgalikda ilmiy-tadqiqot muassasalari tarmog‘ini yaratish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

2023 yil Samarqand shahrida o‘tkaziladigan UNWTO Bosh Assambleyasi 25-sessiyasiga tayyorgarlikning tashkiliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Eslatib o‘tamiz, Zurab Pololikashvili 3-noyabr kuni tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. U Samarqand va Toshkent shaharlari, poytaxt viloyatida bo‘ldi, 2023 yil Samarqand shahrida o‘tkaziladigan UNWTO Bosh Assambleyasining 25-sessiyasiga tayyorgarlik ishlari bilan tanishdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net