O?ZBEKISTON QISHLOQ XO?JALIGI MAHSULOTLARI UKRAINA BOZORLARIDA

04.06.2019 11:24

Mamlakatimizning Kiyevdagi elchixonasi ko‘magida o‘zbek meva va sabzavot mahsulotlarini Ukrainaga eksport qilish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

 

 

Xususan, ukrainalik tadbirkorlar bilan meva va sabzavotlar, quruq meva hamda tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha umumiy qiymati 3 million dollarga teng bo‘lgan shartnomalar imzolandi.

 Erishilgan kelishuvlar samarasida Ukrainaning Lvov shahrida joylashgan va mamlakatning eng yirik savdo majmualaridan biri hisoblangan “Shuvar” meva va sabzavot bozorida o‘zbek mahsulotlari savdosi yo‘lga qo‘yildi.

 Ta’kidlash joizki, joriy yilning dastlabki to‘rt oyi natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston va Ukraina o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 130 million dollarni (2018 yilning shu davriga nisbatan 102,4 foiz) tashkil etdi. Ukrainaga qilinayotgan eksport hajmi 11 million dollarga (o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 126 foiz) o‘sgan, ushbu mamlakatdan import qilinganmahsulotlar esa 7 foizga kamaygan va 85,6 million dollarga teng bo‘lgan.

 Ukrainaga mahsulotlar yetkazib berish hajmida an’anaviy eksport nomenklaturasi bilan bir qatorda mamlakatimiz fermerlari yetishtirayotgan meva va sabzavotlarning o‘rni ham kengaymoqda.

 Bugungi kunda Ukrainaning Kiyev, Dnepropetrovsk va Xarkov shaharlarida ham o‘zbek mahsulotlari sotiladigan yangi savdo maydonlarini tashkil etish bo‘yicha faol muzokaralar olib borilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net