O?zbekiston Markaziy banki qiymati 1000 so?m bo?lgan tanga ko?rinishidagi pul belgilarini muomalaga chiqardi

22.12.2022 11:24

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Markaziy banki  joriy yil 26 dekabrdan boshlab nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishida pul belgilarining muomalaga chiqarilishini maʼlum qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Markaziy bank Axborot xizmati maʼlumotiga ko‘ra, nominal qiymati 1000 so‘m bo‘lgan tanga ko‘rinishidagi pul belgisi 2 xil rangdagi kombinatsiyadan iborat.

O‘zbekiston Markaziy banki shuni alohida qayd etadiki:

-muomalaga chiqarilayotgan 1000 so‘mlik tanga ko‘rinishidagi pul belgilari bugungi kunda muomalada bo‘lgan 2001 yil namunasidagi 1000 so‘mlik banknotlar bilan bir qatorda (parallel ravishda) muomalada bo‘ladi;

- 2001 yil namunasidagi 1000 so‘mlik banknotlar ham to‘lov qobiliyatini yo‘qotmaydi;

Yangi ko‘rinishdagi ushbu pul belgilari ayni paytda muomalada bo‘lgan pul belgilari va tangalar bilan bir qatorda barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar va aholi tomonidan o‘z qiymati bo‘yicha barcha turdagi to‘lovlar uchun hech qanday cheklovlarsiz qabul qilinishi shart.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net