O?zbekiston Kaspiy va Qora dengizlari orqali Yevropaga yuk yetkazib berishni boshladi

19.12.2022 09:37

/“Dunyo” AA/. 16  dekabr kuni “OGMK” AJ yuklaridan iborat birinchi konteyner blokli poyezd Bolgariyaning Burgas bandargohiga jo‘nab ketdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

“O‘ztemiryo‘lkonteyner” AJ maʼlumotiga ko‘ra, ushbu yuk poyezdi mis konsentrati ortilgan 46 vagon va 91 dona 20 futlik konteynerdan iborat. Mis konsentrati bo‘lgan birinchi poyezd umumiy masofasi 4000 km.dan ortiq bo‘lgan yo‘nalishni qamrab oladi.

Konteyner poyezdi «O‘zbekiston – Turkmaniston – Ozarbayjon – Gruziya – Bolgariya/Yevropa» yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanadi.

Ushbu poyezd harakatlanishi xorijiy hamkorlar - Turkmanistonning “TLST”, Ozarbayjonning «ADY Container LLC» va Gruziyaning «GR Logistics and Terminals» kompaniyalari bilan o‘zaro hamkorlikda tashkil etildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net