O'zbekiston elchixonasida Malayziya kompaniyalari vakillari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi

13.01.2024 14:02

/«Dunyo» AA/. O'zbekiston elchixonasida Malayziya Xalqaro islom savdo-sanoat palatasi (Malaysian International Islamic Chamber of Commerce and Industry - MIICCI) bilan hamkorlikda davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Tadbirda o'ndan ortiq Malayziya kompaniyalari xodimlari ishtirok etdi.

Davra suhbati davomida Malayziya tomoniga «Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari» tamoyili asosidagi Yangi O'zbekistonda amalga oshirilayotgan tub islohotlar, xususan bozor iqtisodiyotini rivojlantirish, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar to'g'risida batafsil ma’lumot berildi.

Ikki mamlakat o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, Malayziya kapitalini mamlakatimizga jalb etish, tomonlar uchun manfaatli bo'lgan savdo shartnomalarini imzolash masalalari muhokama qilindi.

Malayziyaning oziq-ovqat yo'nalishidagi «Halagel Group of Companies» va «Agym Nutrition Sdn Bhd» korxonalari hamda axborot kommunikatsiya- texnologiyalariga ixtisoslashgan «Theta Edge Berhad» kompaniyasi O'zbekistonda faoliyat yuritish imkoniyatlarini o'rganishga qiziqish bildirdi.

Uchrashuv yakunida  joriy yilning may-iyun oylarida Malayziyaning Xalqaro islom savdo-sanoat palatasi tarkibidagi kompaniyalari ishtirokida mamlakatimizda biznes-forum o'tkazish,  oziq-ovqat va axborot texnologiyalari yo'nalishida faoliyat yurituvchi o'zbek hamda malay kompaniyalari o'rtasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida onlayn uchrashuvlar tashkil etish to'g'risida kelishib olindi.

MIICCI 2022 yilda ro'yxatdan o'tgan. Tashkilot Malayziyaning musulmon ishbilarmon doira vakillaridan iborat. Palata mamlakatning barcha shtatlarida o'z vakolatxonasiga ega.

2023 yilning 15 - 21 may kunlari diplomatik vakolatxona ko'magida Malayziya Xalqaro islom savdo-sanoat palatasi raisi Hoji Muhammad Amin Fahmining O'zbekistonga safari tashkil etilgan etdi.

Hoji Muhammad Amin Fahmining mamlakatimizga tashrifi davomida O'zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi huzuridagi Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi va Savdo-sanoat palatasi rahbariyati bilan uchrashuvlar o'tkazdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net