O’ZBEK UZUMI VA GILOSIDAN ENDI MISRLIKLAR HAM BAHRAMAND BO’LADI

13.06.2019 11:55

Bunga mamlakatimizning Qohiradagi elchixonasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat o'simlik karantini inspektsiyasi va Misr qishloq xo'jaligi va melioratsiya vazirligining Markaziy o'simlik karantini boshqarmasi o'rtasidagi hamkorlik natijasida erishildi.

 

 

O'zbekiston zaminida yetishtirilgan uzum va gilos mahsulotlarini Misr bozoriga olib kirishga ruxsat berish bo’yicha qaror qabul qilingani haqida Sizni xabardor qilishdan mamnunmiz”, deyilgan Markaziy o'simlik karantini boshqarmasi rahbari Ahmad al-Attarning mamlakatimiz Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O'simliklar karantini inspeksiyasi boshlig'i Ibrohim Ergashevga yo’llagan maktubida.

 Shuni ta'kidlash joizki, mamlakatimiz elchixonasi Misr Prezidentining 2018 yil sentyabr oyida Toshkentga amalga oshirgan rasmiy tashrifi chog'ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan hujjatlarning ijrosini ta’minlash bo'yicha "Yo'l xaritasi" doirasida izchil faoliyat olib bormoqda. Ushbu hujjatga O'zbekistondan ho’l, quritilgan va muzlatilgan meva hamda sabzavotlarni Misr bozoriga eksport qilish uchun karantin ruxsatnomasini olish bo’yicha topshiriq berilgan edi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net