NAMANGAN VILOYATINI KOMPLEKS RIVOJLANTIRISH UCHUN 2,8 MILLIARD DOLLARLIK DASTUR ISHLAB CHIQILDI

01.03.2019 15:30

Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni Namangan viloyati faollari ishtirokida bo‘lgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.

Mazkur dasturga asosan, Namangan viloyatida 2019-2020 yillarda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar bo‘lgan 1 ming 400 dan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.

 Davlatimiz rahbari ushbu loyihalar 39 mingta doimiy ish o‘rni yaratish, 1,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish va o‘zlashtirishni ta’minlashini alohida ta’kidladi. 

 Shuningdek, viloyatda “Har bir oila - tadbirkor” dasturini amalga oshirish uchun 1 trillion so‘m ajratilishi ma’lum qilindi. Bu mablag‘lar hisobiga viloyatda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimi joriy etiladi.

 Namangan viloyatidagi tuman markazlarini obod maskanlarga aylantirish maqsadida har bir tumanga 20-25 milliard so‘mdan, “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlariga kiritilgan qishloqlar va mahallalarga qo‘shimcha ravishda 2 milliard so‘mdan ajratilishi ta’kidlandi.

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net