Mamlakatimizning charm-poyabzal, jun va mo?ynachilik sohasidagi yangi imkoniyatlari Belarusda taqdim etildi

10.10.2022 15:52

“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Belarus poytaxtida bo‘lib o‘tgan  “BelTexIndustry-2022” xalqaro ko‘rgazma-yarmarka doirasida tashkil etilgan “Zamonaviy sharoitlarda yengil sanoat. Loyihalar, rag‘balantiruvchi omillar, kooperatsiya” mavzusida muhokamalar chog‘ida “O‘zbekiston: charm-poyabzal, jun va mo‘ynachilik sohasida yangi imkoniyatlar” taqdimoti uyushtirildi,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbir chog‘ida “O‘zcharmsanoat” uyushmasining Moskva shahridagi  vakolatxonasi rahbari Gulnora Babich dunyoning ellikdan ziyod mamlakati vakillari, yaʼni soha mutaxassislari va tadbirkorlar eʼtiboriga O‘zbekistonda ushbu tarmoqda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, investorlar uchun yaratilayotgan imtiyozlar, eksportchilar uchun joriy qilingan qulayliklar to‘g‘risidagi batafsil maʼlumotlarni taqdim etdi.

Amalda qo‘llanilayotgan bojxona va soliq imtiyozlari, so‘nggi yillarda sohaga jalb etilgan investitsiyalar hajmining keskin oshgani, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarining tashqi bozorlarda raqobatbardoshligi oshishi evaziga eksport jo‘g‘rofiyasi sezilarli darajada kengaygani singari omillar natijasida 2021-yil  yakuni bo‘yicha 421 million AQSH dollari miqdoridagi charm-poyabzal va mo‘ynachilik tayyor buyumlari xorijiy ellarga eksport qilinganligi tadbir qatnashchilarida katta qiziqish uyg‘otdi.

Muhokama davomida joriy yil 12-14 oktyabr kunlari Toshkent shahrida “O‘zcharmEKSPO-2022” 13-xalqaro charm, poyabzal, attorlik, mo‘yna va jun ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazilishiga oid maʼlumotlar ham taqdim etilgani barobarida manfaatdor tashkilotlar bo‘lajak anjumanda ishtirok etishga taklif qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net