Malayziya kompaniyasi O'zbekistonda avtomobilsozlik sohasida qo'shma investitsiyaviy loyihani amalga oshirishni rejalashtirmoqda

15.01.2024 13:50

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston elchixonasi diplomatlari Malayziyaning avtomobil ishlab chiqaruvchi yirik "Proton" (Perusahaan Otomobil Nasional Sdn Bhd-Proton) kompaniyasi zavodi faoliyati bilan tanishdilar, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.

Tashrif davomida kompaniyaning ijrochi direktori o'rinbosari Roslan Abdulla boshchiligidagi korxona mutaxassislari bilan muzokaralar o'tkazildi.

Malayziyaning "Proton" avtomobilsozlik kompaniyasi 1983-yilda tashkil etilgan. Shu kunga qadar kompaniya tomonidan 28 turdagi avtomobillar ishlab chiqarilib, jahonning 73 ta mamlakatlariga 5 milliondan ortiq avtomobil eksport qilingan.

Hozirda kompaniyaning Pokiston va Keniyada zavodlari mavjud. Bangladesh, Shri-Lanka va Misrda ham zavodlarni ishga tushirish rejalashtirilgan.

Uchrashuv davomida Malayziya tomoniga O'zbekistonda olib borilayotgan keng ko'lamli iqtisodiy islohotlar, shu jumladan milliy avtomobilsozlik sohasida amalga oshirilayotgan loyihalar, "O'zavtosanoat" AJ va uning tarkibidagi korxonalar, ishlab chiqarilayotgan avtomobillar turlari va hajmlari, davlatimizda elektromobillarni ishlab chiqarish imkoniyatlari va avtomobilsozlik sohasida investorlar uchun yaratilgan keng imkoniyatlar to'g'risida batafsil ma'lumot berildi.

Xorij tomoni o'z navbatida, Malayziya kompaniyasi va "O'zavtosanoat" AJ o'rtasida mamlakatimizda avtomobillar ishlab chiqarish bo'yicha amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan qo'shma investitsiya loyihasi bo'yicha taqdimotini o'tkazdi.

Taqdimot doirasida tomonlar mazkur loyihaning joriy holati va uni amalga oshirish muddatlari bo'yicha fikr almashdilar.

Tashrif davomida o'zbek diplomatlari Tanjun Malim shahrida joylashgan "Proton" kompaniyasi zavodidagi ish jarayoni va hozirgi kunda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy avtomobil modellarini ko'zdan kechirishdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net