MALAYZIYA KERAMIKA BUYUMLARI ISHLAB CHIQARUVCHILARI BILAN UCHRASHUV

15.03.2019 15:40

2019-yilning 15-mart kuni O‘zbekistonning Malayziyadagi Elchixonasi tomonidan “ClayIndustries Sdn. Bhd.” kompaniyasining bosh menejeri Hechti Ong bilan muzokaralar o‘tkazildi va sanitar-keramika buyumlari va yuqori sifatli chinni idishlarini ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

1920-yilda asos solingan “Clay Industries Sdn. Bhd.” kompaniyasi sanitar-keramika buyumlari, cherepitsa va chinni idishlarni ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Kompaniyaning ishlab chiqarish quvvatlari Malayziya va Buyuk Britaniyada joylashgan. Kompaniya o‘z mahsulotlarini Yevropa va Janubi-Sharqiy Osiyodagi barcha mamlakatlarga eksport qiladi.

 Uchrashuvda Malayziya kompaniyasining mamlakatimizdagi ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma va yarmarkalarda o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishi, shuningdek, bozorning marketing tadqiqotiga asoslangan holda respublikada eksportga yo‘naltirilgan sanitariya-keramika buyumlari va idishlarni ishlab chiqarishni tashkillashtirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net