O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil Surxondaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi B.Norqobilov boshchiligidagi delegatsiya Mo‘g‘ulistonda amaliy safar bilan bo‘ldi.
Xitoy Xalq Respublikasining Guanchjou shahrida joylashgan Xitoy import-eksport ko‘rgazmalar majmuida “Fruit Expo 2019” Xalqaro mevalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy hamda ta’lim sohalaridagi aloqalarni mustahkamlash maqsadida mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi tomonidan Gonkong maxsus ma’muriy tumani va Shenchjen shahrida qator tadbirlar tashkil etildi.
AQSH sertifikatlangan ilk savdo missiyasining mamlakatimizga tashrifi doirasida poytaxtimizda 18-20-iyun kunlari Oʻzbekiston – AQSH biznes-forumi boʻlib oʻtdi.
2019-yilning 20-iyun kuni “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasi direktori Habib Abdullayevning taklifiga binoan xorijiy ommaviy axborot vositlarining O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan vakillari Navoiy viloyatiga keldilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-iyun kuni neft-gaz, kimyo va elektr energetikasi sohalaridagi investitsiya loyihalarini yanada jadallashtirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi.
Tashqi ishlar vazirligiga “Human Rights Watch” nohukumat tashkilotining O‘zbekistondagi vakili Stiv Sverdlov bilan 2019-yilning 13-iyun kuni Toshkent shahrida sodir bo‘lgan voqeaga doir murojaati kelib tushdi.
O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (GFR) shahridagi bosh konsulxonasi ko‘magida Vintertur (Shveysariya) shahrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni hamda xorijlik tadbirkorlar faoliyati uchun yaratilayotgan qulay investitsiyaviy muhitga bag‘ishlangan axborot tadbiri tashkil etildi.
O‘zbekistonning Riyoz shahridagi elchixonasi vakillari Saudiya Arabistoni Podshohligi Savdo-sanoat palatalari kengashida ikki mamlakat o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
2019-yilning 11-iyun kuni Gollandiyaning Halal Correct Certification BV kompaniyasi bosh menejeri Abdulfattoh Ali Salah boshchiligidagi delegatsiya Namangan viloyatiga tashrif buyurdi.