XUSUSIYLASHTIRISH

01.05.2019 16:47

Aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat ulushlari va davlat aktivlari savdoga chiqariladi - Prezident qarori

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qaror respublika iqtisodiyotiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish faoliyati samaradorligini oshirish, xorijiy investorlarni mamlakatimiz imkoniyatlari va salohiyati to‘g‘risida xabardor qilish, xorijiy investitsiyalarni jalb etish va o‘zlashtirish sohasida davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari faoliyatini muvofiqlashtirishni yaxshilash, shuningdek, 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida qabul qilingan.

O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligining to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilish ishlarini faollashtirish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanmoqda. Chunonchi:

• kimyo va neft-gaz sanoati, mashinasozlik sohasidagi xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar, bank-sug‘urta tashkilotlari ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlarini sotish;

• to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish uchun tayyor investitsiya takliflarini ishlab chiqish;

• investitsiya va biznes forumlar, taqdimotlar («Road Show») va marketing kampaniyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish;

• davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni tashkil etish.

Investorlarga, shu jumladan, xorijiy investorlarga sotish uchun taklif qilinadigan xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitallaridagi davlat aksiyalar (ulushlar) paketlari, belgilangan tartibda sotiladigan davlat aktivlari, xorijiy investorlarga taklif qilinadigan investitsiya takliflari, 2019 yilda O‘zbekiston Respublikasi vakillari ishtirok etishi uchun tavsiya qilinadigan xalqaro iqtisodiy va investitsiyaviy forumlar ro‘yxati tasdiqlanmoqda.

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasi (rais — Bosh vazir A.Aripov) ikki hafta muddatda investorlarga sotiladigan xo‘jalik jamiyatlari davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini baholash va savdoga qo‘yish grafiklarini tasdiqlaydi.

Davlat mulkini sotishda tender savdolarini o‘tkazish bo‘yicha davlat komissiyasiga xo‘jalik jamiyatlari davlat aksiyalari (ulushlari) paketlarini xorijiy investorlarga sotish shartlari va usullariga o‘zgartirish kiritish huquqi berilmoqda.

(Manba: Kun.uz)

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net