/”Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Malayziyadagi elchixonasi ko‘magida ““Navoiy” Maxsus iqtisodiy zonasi direksiyasi” AJ vakillari Kuala-Lumpur shahrida bo‘lib o‘tgan “Malayziya Texnologiyalar ko‘rgazmasi - 2023” (Malaysia Technology Expo - 2023) ishida ishtirok etdilar, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston elchisi Ravshan Usmonovning Malayziyaning Penang shtatiga ishchi tashrifi davomida O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va sayyohlik salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri
/“Dunyo” AA/. O‘tgan yilning noyabr oyida O‘zbekiston "Uzbekistan Trade Info" savdo axborot platformasini bosqichma-bosqich ishga tushirdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kecha Turkiyaning «Chengiz Enerji» kompaniyasi ijrochi direktori Ahmet Cengiz bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotiga ko‘ra 2022-yil yakunlariga ko`ra axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) xizmatlarining mamlakat iqtisodiyotidagi ulushi 1,7 % ni tashkil etdi.
/“Dunyo” AA/. Mamlakatimizda joriy yil oxiriga qadar umumiy quvvati 2910,6 MVt bo‘lgan 7 ta elektr stansiyasi (1 ta IES, 1 ta shamol, 3 ta quyosh va 2 ta GES) ishga tushirilishi (yagona elektr tarmog‘iga ulanishi) rejalashtirilgan, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi tomonidan Turkiya viloyatlariga savdo-iqtisodiy missiyalarining amalga oshirilishi davomida yangidan-yangi bozorlar va hamkorlar topish maqsadiga yo‘naltirilgan jadal ishlar olib borilayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. Bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi uchrashuvlarda erishilgan kelishuvlar ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Vengriyadagi elchisi Abat Fayzullayev Budapesht shahrida mamlakatdagi “OTP” banki Bosh ijrochi direktori o‘rinbosari, O‘zbekiston - Vengriya Ishbilarmonlar kengashining Vengriya tomonidan hamraisi Laslo Volf bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.