Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O?zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 50 milliard dollarga yetdi

27.12.2022 11:20

“Dunyo” AA/. Joriy yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi qariyb 50 milliard AQSH dollariga yetdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslanganda qariyb 6,8 milliard dollarga yoki 18 foizga oshgan. 

50 millard dollar miqdoridagi tashqi savdo aylanmasida eksport   hajmi 17,4 milliard dollar, mahsulotlar 13,8 milliard va  xizmatlar  3,6 milliard dorllarga teng. 

Import hajmi  27,6 milliard dollar: unda mahsulotlar 25,3 milliard, xizmatlar 2,3 milliard,  saldo esa  10,2 milliard dollarni tashkil qildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net