Jahon banki O?zbekiston bilan keng ko?lamli sheriklikni yana-da kengaytirishga intilishi qatʼiy ekanini tasdiqladi

30.09.2022 01:15

TOSHKENT, 30-sentyabr. /“Dunyo” AA/. Bugun O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan Jahon banki vitse-prezidenti Anna Byerde boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

O‘zbekiston bilan ushbu nufuzli xalqaro moliyaviy institut bilan strategik sheriklikni yana-da rivojlantirish, shuningdek, mamlakatimizdagi eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar dasturini ilgari surish bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari Anna Byerde va Jahon banki jamoasini sermahsul hamkorlikning 30 yilligi bilan samimiy tabrikladi.

Keyingi yillarda sheriklik yuqori surʼatda rivojlanib, tobora natijador bo‘lib borayotgani alohida taʼkidlandi. Ushbu davrda qo‘shma loyihalar portfeli qariyb 4 barobar kengayib, 8 milliard dollardan oshdi.

Birgina o‘tgan yilda tegishli “yo‘l xaritasi”ga muvofiq Jahon banki qishloq xo‘jaligi, energetika, ekologiya, moliya va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha 1 milliard dollarlik 6 ta ustuvor loyihaning moliyalashtirilishini maʼqulladi.

Bankning faol ko‘magi bilan bugungi kunda O‘zbekistonda agrar, energetika va transport tarmoqlarida kompleks yangilanishlar amalga oshirilmoqda. Jahon banki tomonidan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasiga hamohang bo‘lgan 2026 yilga qadar Mamlakat dasturi qabul qilindi.

Vitse-prezident Anna Byerde yurtimizdagi islohotlarning muvaffaqiyatini yuqori baholab, bankning keng ko‘lamli sheriklikni yana-da kengaytirishga intilishi qatʼiy ekanini tasdiqladi.

Bank qishloq joylarda turmush darajasini yuksaltirish, davlat korxonalarini xususiylashtirish, qishloq xo‘jaligini transformatsiya qilish, iqtisodiyotning energiya samaradorligini oshirish, taʼlim va sog‘liqni saqlashni modernizatsiyalash, ishbilarmonlik va investitsiya muhitini yaxshilash kabi muhim yo‘nalishlardagi yangilanishlarni jadallashtirish maqsadida ekspertlik va moliyaviy ko‘makni yana-da kengaytirishga tayyor ekani taʼkidlandi.

Markaziy Osiyoning barqarorligi va barqaror taraqqiyotini taʼminlashga qaratilgan strategik mintaqaviy loyihalarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Jahon banki o‘rtasidagi sheriklikni muhim yo‘nalishlarda kengaytirish bo‘yicha yangilangan “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net