ITSV: “UZEX” BAA bozoriga kirishni rejalashtirmoqda

08.10.2022 15:41

“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi tomonidan Dubay ko‘p tarmoqli tovar va xomashyo markazi (DMCC) rahbariyati  hamda O‘zbekiston Respublika tovar-xomashyo birjasi (UZEX) vakillari o‘rtasida muzokaralar tashkil etildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,  muzokaralar davomida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari, xususan, “UZEX” platformasi samaradorligini oshirish maqsadida “DMCC”ning ilg‘or tajribasini qo‘llash, shuningdek, BAA bozorida, “UZEX”  savdo platformasini yaratish masalalari muhokama qilindi.

Hamkorlikning amaliy bosqichlarini boshlash maqsadida “UZEX”  delegatsiyasining yaqin kunlarda BAAga tashrifini tashkil etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net