ITSV: Farg?onada meva-sabzavot yetkazib berish tarmoqlarini rivojlantirish bo?yicha xalqaro tajriba joriy etilmoqda

11.10.2022 15:59

“Dunyo” AA/. Kecha Farg‘ona shahrida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan viloyat hokimligi bilan hamkorlikda «Meva-sabzavot mahsulotlarini daladan isteʼmolchiga yetkazib berish zanjirini rivojlantirishda xalqaro tajriba» mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, BMT Taraqqiyot dasturi doirasida tashkil etilgan ushbu seminarda shahar va tumanlar hokimliklari, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari va eksportyorlar ishtirok etishdi.

Vazirlik hududiy boshqarmasi rahbariyati tashqi bozorlar, xorijlik isteʼmolchilarning talab va ehtiyojlarini tizimli tahlil qilish va baholash muhimligiga to‘xtalib, shu munosabat bilan tahliliy ko‘nikmalar va o‘qitish uslublarini o‘zlashtirish, jahon tajribasini hisobga olgan holda mahsulot yetishtirish va yetkazib berishning barcha bosqichlarini tashkil etish jarayonini muvofiqlashtirish bo‘yicha seminarning dolzarbligini taʼkidladi.

Xalqaro trenerlar ishtirokidagi o‘quv-seminar kun tartibiga, shuningdek, marketing strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha malaka oshirish, jozibador bozor tendensiyalari, xatolar tahlili, bozorga kirish va mahsulotni ilgari surish strategiyasi, bozorni baholash, raqobat, xavf va istiqbollar kabi yo‘nalishlarda maʼruzalar tinglandi va muhokamalar o‘tkazildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net