ITIM: Oʻzbekistonda yil boshidan buyon ishbilarmonlik faolligining maksimal oʻsishi qayd etildi

18.08.2023 17:29

2023-yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 1218 birlikni tashkil etib, iyun oyiga nisbatan 21,8 foizga oshdi.

Oʻzbekistonda Ishbilarmonlik faolligi indeksi (IFI) oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ham 1,3 foizga oʻsdi.

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) tomonidan baholangan IFI  2023-yil iyul oyida 1218 birlikni tashkil etib, iyun oyiga nisbatan 21,8 foizga oshgan. Shu bilan birga, Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan ham 1,3 foizlik oʻsish qayd etildi.

ITIM1  

Komponentlar darajasida quyidagi oʻzgarishlar boʻlgan.

2023-yilning iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi oʻtgan oyga nisbatan 21,8 foizga oshib, 1218 birlikni tashkil etishi, quyidagi komponentlar darajasidagi oʻzgarishlarga bogʻliq boʻlgan:

•xoʻjalik yurituvchi subyektlarning bank hisobvaraqalaridagi opreatsiyalar soni 5,3 foizga oshgan;

•faoliyat koʻrsatayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar boʻyicha komponent deyarli oʻzgarmagan - 0,0 foiz;

•tovar-xom ashyo birjasida xom ashyo sotib olish jadalligi 48,0 foizga sezilarli darajada oshgan;

•tovar belgilari boʻyicha komponent 25,0 foizga oshgan.

Hududlar kesimida Qashqadaryo viloyatida eng yuqori oʻsish surʼati qayd etilgan.

2023-yil iyul oyida Ishbilarmonlik faolligi indeksi 12 ta hududda oʻtgan oyga (iyun) nisbatan oʻsish kuzatilgan. Qashqadaryo (39,2%), Sirdaryo (36,6%), Xorazm (26,7%) va Surxondaryo (26,1%) viloyatlarida sezilarli darajada oʻsish kuzatilgan (2 - rasm).

Shu bilan birga, ushbu indeks 2 ta hududda pasaygan. Xususan, Jizzax viloyati (- 2,7%) va Toshkent shahrida (- 0,6%) biroz pasayish kuzatildi.

ITIM2  

Bank hisob varaqalari boʻyicha operatsiyalar.

2023-yil iyul oyida banklararo toʻlov operatsiyalari soni 5 321,2 ming tani tashkil etdi va 2023-yilning iyun oyiga nisbatan 268,5 ming tranzaksiyaga (5,3%) oshgan.

Banklararo toʻlov operatsiyalari soni 12 ta hududda oshgan.

2023-yil iyun oyida respublikaning 12 ta hududida yuridik shaxslar oʻrtasidagi bank operatsiyalari soni oʻtgan oyga nisbatan oshgan. Xususan, sezilarli darajadagi oʻsish Andijon (13,4%), Surxondaryo (11,5%), Xorazm (11,2%), Samarqand (9,5%) va Namangan viloyatlarida kuzatilgan.

Shu bilan birga, Jizzax (- 4,7%) va Sirdaryo (- 1,0%) viloyatida moʻtadil darajada pasayish qayd etilgan.

Tovar-xom ashyo birjasidagi faollik

2023-yilning iyul oyida IFIning birja komponenti 1,4802 birlikni tashkil etdi. Bu esa, ushbu komponentning oʻtgan oyga nisbatan 48,0 foizga oshganligini anglatib, bitimlar sonining qariyib 2 baravarga oshganligi bilan izohlanadi. Shu bilan birga, har bir bitim boʻyicha sotib olingan tovarlar oʻrtacha hajmi 3,7 foizga kamaygan.

Respublika tovar-xom ashyo birjasida tovarlar savdosi umumiy aylanmasi hajmi 2023-yil iyul oyida 5 735,7 mlrd. soʻmni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich oʻtgan oyga nisbatan 6,7 foizga oshgan.

Xoʻjalik yurituvchi subʼektlarning faolligi

Faoliyat yuritayotgan xoʻjalik subyektlari boʻyicha komponent 2023-yil iyul oyida 0,9996 birlikni tashkil etib, oʻtgan oyga nisbatan 0,04 foizga oshganligini koʻrsatadi. Bundan tashqari ushbu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 12,3 foizga sezilarli darajada kamaygan.

2023-yil iyul oyida barcha turdagi faoliyat yuritayotgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar soni 2023-yilning iyun oyiga (515 454 birlik) nisbatan 1 195 taga kamayib, 504 259 birlikni tashkil etgan.

Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi korxonalar soni 18 taga oshgan.

Hisobot davrida, kichik korxonalar soni 411 058 tadan 409 988 tagacha kamaygan (pasayish 1 070 ta). Shuningdek, fermer xoʻjaliklari soni ham 90 803 tadan 90 660 tagacha (143 ta) kamaygan. Yirik tadbirkorlik bilan shugʻullanayotgan subyektlar soni 3 611 tani tashkil etib, 2023-yilning iyun oyiga nisbatan 18 taga oshgan.

Brendlarni roʻyxatga olish

2023-yil iyul oyida savdo belgilari muhofazasi boʻyicha biznes faolligi indeksi 1,2500 birlikni tashkil etib, ushbu koʻrsatkich 2023-yilning iyun oyiga nisbatan 25,0 foizga oshgan. Joriy yilning iyul oyida yuridik shaxslar tomonidan 50 ta tovar belgilari va tovar nomlari roʻyxatga olingan.

   Oʻzbekiston va mintaqalar boʻyicha IFI komponentlarining oʻtgan oyga nisbatan oʻzgarishi

Mintaqalar

IFI

Hisoblar boʻyicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi subyektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

Oʻzbekiston Respublikasi

1218

1,0531

1,4802

0,9996

1,2500

Qashqadaryo viloyati

1392

1,0637

2,0000

0,9983

0,0000

Sirdaryo viloyati

1366

0,9898

2,0000

0,9987

0,0000

Xorazm viloyati

1267

1,1122

1,1923

1,0058

6,0000

Surxondaryo viloyati

1261

1,1147

1,4817

0,9924

2,0000

Fargʻona viloyati

1190

1,0670

1,3811

0,9966

1,5000

Buxoro viloyati

1187

1,0257

1,5287

0,9860

0,0000

Namangan viloyati

1123

1,0886

1,3080

0,9939

0,0000

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

1076

1,0170

1,0951

1,0114

2,0000

Samarqand viloyati

1062

1,0947

1,0752

0,9953

1,0000

Navoiy viloyati

1056

1,0310

1,1123

1,0014

1,0000

Andijon viloyati

1041

1,1342

1,0572

1,0074

0,0000

Toshkent viloyati

1027

1,0735

0,8996

0,9994

2,4000

Toshkent shahri

994

1,0438

0,9463

1,0059

0,9545

Jizzax viloyati

973

0,9529

1,0515

0,9952

0,0000

 

Oʻzbekiston va mintaqalar boʻyicha IFI komponentlarining oʻtgan yilning mos oyiga nisbatan oʻzgarishi

 

Mintaqalar

IFI

Hisoblar boʻyicha

operatsiyalar komponenti

Indeksning birja komponenti

Faoliyatdagi subyektlar komponenti

Yangi savdo markalari komponenti

Oʻzbekiston Respublikasi

1013

↑1,0495

↑1,1200

↓0,8768

↓0,1466

Andijon viloyati

↑1333

1,6329

1,4992

0,7342

0,0000

Namangan viloyati

↑1238

0,7378

2,0000

0,8153

0,0000

Sirdaryo viloyati

↑1158

0,5040

2,0000

0,8265

0,0000

Toshkent shahri

↑1144

1,1889

1,3040

0,9272

0,0843

Fargʻona viloyati

↑1030

0,8265

1,3545

0,8616

0,3000

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

↓971

0,7805

1,2197

0,9262

0,2000

Samarqand viloyati

↓943

0,7384

1,1235

0,8644

1,5000

Surxondaryo viloyati

↓937

0,6802

1,1238

0,8606

2,0000

Qashqadaryo viloyati

↓931

0,7063

1,2536

0,8271

0,0000

Toshkent viloyati

↓920

0,9210

0,9928

0,8560

0,4138

Buxoro viloyati

↓917

0,7605

1,1059

0,9490

0,0000

Navoiy viloyati

↓894

0,6912

1,0476

0,9236

1,0000

Xorazm viloyati

↓859

0,7562

0,9040

0,9541

0,7500

Jizzax viloyati

↓750

0,6317

0,8321

0,8898

0,0000

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net