ISSV: O?zbekiston va Singapurning investitsiya hamda sanoat sohasidagi manfaatlari yaqinlashishi nuqtalari belgilab olindi

14.01.2023 10:20

/“Dunyo” AA/. Singapurda amaliy tashrif bilan bo‘lib turgan  O‘zbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov kecha ushbu mamlakatning yirik tadbirkorlik subyektlari rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazdi,  deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) maʼlumotiga ko‘ra, xususan, «PCA International» bosh direktori Van Chi Fung bilan muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 

Korxona konteyner yuk aylanmasi bo‘yicha dunyoda eng katta bo‘lgan Singapur port infratuzilmasini boshqaradi. Shu nuqtai nazardan, tomonlar logistika infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlarini, O‘zbekiston hududida quruq portlarni tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilayotgan kelishuv tafsilotlarini muhokama qildilar.

Shu kuni Land Transport Authority - Corporate Headquarters  korxonasi haqida qisqacha maʼlumot berilib, uning faoliyati bilan tanishuv bo‘lib o‘tdi. Korxona hozirda boshqa ishlar qatorida tezkor transport tizimini, temir yo‘l va avtobus tarmoqlarini rivojlantirish, butun Singapur bo‘ylab avtoturargohlarni boshqarish tizimini taʼminlashga masʼuldir. Taʼkidlanganidek, samarali boshqaruv, loyihalarni rejalashtirish va amalga oshirishning puxta o‘ylangan tizimi, shuningdek, mustahkam investitsion infuzionlar tufayli kompaniya kuchli va doimiy takomillashib borayotgan transport infratuzilmasi bilan Singapur iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlamoqda.

Uchrashuvlar kun tartibi Singapur biznes federatsiyasi bosh direktori Su Vey Chei bilan muloqot davom ettirildi. Tomonlar joriy yil 16 yanvar kuni Singapurning oziq-ovqat va kimyo sanoati, axborot texnologiyalari, energetika, elektrotexnika, sog‘liqni saqlash, taʼlim va boshqa sohalarga ixtisoslashgan yetakchi ishbilarmon doiralarining 150 dan ortiq vakillari ishtirok etadigan O‘zbekiston-Singapur biznes forumiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonini atroflicha muhokama qildilar.

Shu bilan birga, tomonlar O‘zbekiston va Singapurning yirik kompaniyalari taklifi bilan tadbirlar o‘tkazishni nazarda tutuvchi hamkorlik dasturining qabul qilinishini, shu jumladan, hamkorlikning eng dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro biznes missiyalar va onlayn seminarlar tashkil etishning ilk tafsilotlarini ko‘rib chiqdilar.

So‘ngra dunyoning 50 ta davlatida 500 ta ishlab chiqarish korxonasiga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri bo‘lgan «Wilmar Trading» kompaniyasi bosh direktori Kuok Khun Xong bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalasi kelishib olindi.

«Universal Success Enterprises» asoschisi Prasoon Mukherji bilan O‘zbekistonda zamonaviy 5 yulduzli mehmonxona qurish masalasi muhokama qilindi. Shartnoma imzolash uchun tayyorlanmoqda.

«Changi Airports International» kompaniyasi ijrochi direktori Yujin Gan bilan muloqot chog‘ida O‘zbekiston aviatsiya sohasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Oxirgi 7 yil ichida kompaniyaning Singapurdagi aeroporti dunyodagi eng yaxshi aeroport deb topildi. U har yili 70 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatadi va 2,5 million tonnaga yaqin yuklarni qayta ishlaydi.

“MSA” kompaniyasi bosh direktori Sim Vi Mengom vazirlik rahbariyati bilan muloqotda Toshkent metropoliteni infratuzilmasini rivojlantirish loyihasini tayyorlash bo‘yicha o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.

Bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar ishtirokchilarga kelgusidagi hamkorlik bo‘yicha o‘z qarashlarini almashish, yirik loyihalar tafsilotlarini muhokama qilish hamda O‘zbekiston va Singapur o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, moliyaviy va texnik hamkorlikni rivojlantirish uchun mavjud salohiyat to‘g‘risida tomonlarning o‘zaro tushunishini kengaytirish imkonini berdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net