“IPAK YO?LI” JAMG?ARMASI PREZIDENTI BILAN UCHRASHUV

31.07.2019 15:12

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida sarmoya va infratuzilma loyihalarini hamkorlikda hayotga tadbiq etish istiqbollari muhokama qilindi.

 

 

Pekin, 31-iyul. /”Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida “Ipak yo‘li” jamg‘armasi prezidenti va ijrochi direktori Van Yanchji bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 O‘zbekistonning mazkur jamg‘arma bilan aloqalarini yanada mustahkamlash, mamlakatimizdasarmoya va infratuzilma loyihalarini hamkorlikda hayotga tadbiq etish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar muloqotning asosiy mavzusi bo‘ldi.

 Mazkur jamg‘arma 2014-yil 29-dekabr kuni XXR Davlat Kengashi ko‘magida Pekin shahrida tashkil etilgan bo‘lib, uning tasarrufidagi kapital XXR valyuta nazorati Davlat ma’muriyati, Xitoy sarmoya korporatsiyasi, Xitoy Eksimbanki va Xitoy davlat taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan shakllantirilgan. “Ipak yo‘li” jamg‘armasi mablag‘larining umumiy hajmi 40 milliard dollarini tashkil etadi.

 Xitoy Xalq Respublikasi rahbariyatining “Bir makon – bir yo‘l” tashabbusi doirasida savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash “Ipak yo‘li” jamg‘armasi faoliyatidagi asosiy vazifalar sirasiga kiradi. Infratuzilmalarni rivojlantirish, energetika, industrial va moliyaviy hamkorlik loyihalari ushbu jamg‘arma uchun ustuvorlik hisoblanadi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net