“Dunyo” AA/. Joriy yilning yanvar-avgust oylari davomida O‘zbekiston 23 mamlakatga 45 million AQSH dollari miqdorida qariyb 60 ming tonna mosh eksport qildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Davlat statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, mosh eksporti o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,1 ming tonnaga oshgan.
Mamlakatimizda yetishtirilgan mosh eng ko‘p Xitoy (47,9 ming tonna), Qozog‘iston (6 ming tonna) va Eronga (1,1 ming tonna) eksport qilingan.
Yilning ushbu davrida eng ko‘p mosh sotgan mintaqalar ro‘yxatida Toshkent (15,7 ming tonna), Jizzax ( 15 ming tonna) va Namangan (8,2 ming tonna) viloyatlari qayd etildi.