“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi tomonidan O‘zbekistonda istiqbolli loyihalarni amalga oshirishga salohiyatli investorlarni jalb qilish bo‘yicha tizimli asosdagi ishlar olib borilmoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, shu yo‘nalishda "Al Dahra" (BAA) kompaniyasi bilan o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi sohasida yirik sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi.
Respublikaning qishloq xo‘jaligi sohasidagi salohiyati bilan atroflicha tanishish va istiqbolli investitsiya loyihalari portfelini kelishish maqsadida joriy oyda BAA kompaniyasi delegatsiyasining O‘zbekistonga amaliy safarini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.