OʻZBEKISTON “JOʻSHQIN GUJARAT – 2019” EʼTIROFIGA SAZOVOR BOʻLDI

23.01.2019 16:06

Joriy yil 22 yanvar kuni Hindistonning Gandinagar shahri “Mahatma Mandir” koʻrgazmalar majmuasida “Joʻshqin Gujarat – 2019” IX xalqaro investitsiya sammiti yakunlandi.

Butun dunyodan 26 ming 800 dan ziyod kompaniya va 285 ta rasmiy delegatsiya vakillarini bir joyda jamlagan mazkur yirik iqtisodiy tadbirda Oʻzbekiston hamkor mamlakat sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, davlatimiz rahbari sammitning faxriy mehmoni boʻldi.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasidan xabar berishlaricha, “Joʻshqin Gujarat – 2019”da mamlakatimizda ishlab chiqarilgan toʻqimachilik, charm, kimyo, farmatsevtika, qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan iborat Oʻzbekiston milliy stendi namoyish etilgan. Sammitning soʻnggi kunida u bilan tanishgan qatnashchilar soni 4 mingdan oshib ketgan.

Yana bir maʼlumotga koʻra, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi “Joʻshqin Gujarat – 2019” sammitida faol ishtiroki uchun tashkilotchilarning maxsus sertifikati bilan taqdirlangan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net