GULISTON SHAHRIDA XALQARO INVESTITSIYAVIY FORUM OCHILDI

23.08.2019 14:13

GULISTON, 22 avgust. / “DUNYO” AA/. Bugun Guliston shahrida I Xalqaro investitsiyaviy forum o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA maxsus muxbiri Jahongir Azimov.

 Forumda mamlakatimizning tadbirkorlik tizimlari, vazirlik va idoralari, xalqaro tashkilotlar, diplomatik korpus, 150 dan ortiq xorijiy kompaniya va ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashmoqda.

 Anjuman ochilishida 2019-yil boshidan buyon Sirdaryo viloyatiga 100 million dollardan ortiq hajmdagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb qilingani ma’lum qilindi. Xususan, “Sirdaryo” erkin iqtisodiy zonasi hududida umumiy qiymati 305,2 million dollarga teng 45 ta loyiha amalga oshirilmoqda, shundan 49,5 million dollari xorijiy sarmoyani tashkil qiladi.

 Tadbir doirasida Sirdaryo viloyatining iqtisodiy salohiyatini namoyish etish, xorijiy davlatlar bilan yangi hamkorlik aloqalarini o‘rnatish va mintaqaga jalb etilayotgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalari hajmini oshirish ko‘zda tutilgan.

 Forum dasturi sho‘ba yig‘ilishlar, “B2B” formatidagi muzokaralar, viloyat sayyohlik va sarmoyaviy salohiyatini namoyish etishga qaratilgan boshqa tadbirlarni o‘z ichiga olgan.

 Anjuman yakunida xorijiy sheriklar bilan yangi hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net