DEHLIDA O?ZBEKISTON INVESTITSION SALOHIYATI TAQDIMOTI BO?LIB O?TDI

12.08.2019 18:17

O‘zbekiston va Hindiston tadbirkorlari o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildi.

 

 

DEHLI, 12 avgust. /“Dunyo” AA/. Dehli shahrida Hindiston tashqi ishlar vazirligi hamda Hindiston xalqaro savdo, sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi tomonidan “Hindiston-Markaziy Osiyo: savdo-iqtisodiy munosabatlar, yuksalish va farovonlik sari” deb nomlangan interaktiv forum tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo va xorijiy investitsiyalar vazirligi va mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi vakillaridan iborat delegatsiya qatnashdi.

 Forum davomida O‘zbekistonning bugungi kundagi investitsion jozibasi, amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va qulayliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘zida aks ettirgan taqdimot marosimi tashkil etildi.

 - Bugungi tadbirda O‘zbekistondagi xorijiy investorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar palatamiz a’zolarida katta qiziqish uyg‘otdi, - deydi Hindiston xalqaro savdo sanoat va qishloq xo‘jaligi palatasi maslahatchisi, Hindistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Skand Tayal. - Xususan, mamlakatning qisqa muddatlarda “Doing Business” xalqaro reytingida katta sakrashni amalga oshirishga muvaffaq bo‘lgani amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijasini yaqqol ifodalaydi. Bugun O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlar yangi bosqichga ko‘tarilganligiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Bugungi tadbir ham ikki mamlakat biznes doiralari vakillari o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada kengayishiga xizmat qilishiga ishonamiz.

 V2V formatidagi muloqotda O‘zbekiston va Hindistonning tibbiyot, farmatsevtika, oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi texnikasi va boshqa turli yo‘nalishlarga ixtisoslashgan kompaniya vakillari o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi va birlamchi kelishuvlarga erishildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net