Belorusning Vitebsk viloyati delegatsiyasi «Uzbekistan GTL» zavodi imkoniyatlari bilan yaqindan tanishdi

12.10.2022 16:08

“Dunyo” AA/. Qashqadaryo viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi tomonidan Belorusning Vitebsk viloyati delegatsiyasining G‘uzor tumanidagi «Uzbekistan GTL» zavodiga safari tashkil qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra, safar davomida mazkur korxonaning ishlab chiqarish quvvatlari, unda o‘rnatilgan zamonaviy uskunalar bilan batafsil tanishilgani barobarida sanoat kooperatsiyasi loyihalarini birgalikda amalga oshirish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.

«Uzbekistan GTL» “O‘zbekneftgaz” AJ tarkibiga kiruvchi korxona bo‘lib, dunyodagi eng yirik va eng ilg‘or zavodlardan biri hisoblanadi. Loyiha O‘zbekistonning tabiiy gazni chuqur qayta ishlash quvvatlarini sezilarli darajada kengaytirish va uglevodorod xomashyosi importini keskin qisqartirish maqsadida amalga oshirilgan.

Belorusning Vitebsk viloyati delegatsiyasi zavodda ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish samaradorligi, unda o‘rnatilgan uskunalar, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifati va hajmini yuqori baholadi. Bunday korxona zamonaviy O‘zbekiston tarixida yangi sahifani ochib bergani taʼkidlandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net