INNOVATSIYA VAZIRLIGI XITOY BILAN HAMKORLIKDA SUN’IY YO?LDOSH TEXNOLOGIYALARINI JORIY QILADI

11.01.2020 09:26

TOSHKENT, 11 yanvar. /«Dunyo» AA/. Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov “Buyuk safar” Xitoy xalqaro aerokosmik savdo kompaniyasi (ALIT — Aerospace Long-March International Trade Co. Ltd) Prezidenti Jao Junchao boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA O‘zA ma’lumotiga tayanib.

 

Uchrashuvda tomonlar kosmos, boshqaruvchisiz uchuvchi apparatlar, mudofaa sanoati kompleksi sohasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilgan.

 

Vazirlik matbuot xizmatining xabar berishicha, tadbir doirasida kosmik hamda sun’iy aloqa texnologiyalarini o‘rganish va rivojlantirish sohasida ikkitomonlama hamkorlik bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Xususan, mamlakatimiz soha mutaxassislari uchun Xitoyda stajirovka va treninglar tashkillashtiriladi. Vazirlik va idoralar ishtirokida sun’iy aloqa texnologiyalari sohasida qo‘shma loyihalar amalga oshirish ham ko‘zda tutilgan.

 

ALIT Xitoy aerokosmik ilm-fan va texnika korporatsiyasi (CASC)ning ixtisoslashtirilgan kompaniyasi bo‘lib, u aerokosmik sohaning mahsulotlari hamda xizmatlarini eksport-import qilish, o‘z aloqa yo‘ldoshi negizida milliy aloqa yo‘ldoshi tizimlarini yaratish uchun mas’uldir.

 

CASC Fortune Global 500 ro‘yxatidagi kompaniyalardan biri bo‘lib, 1999 yil tashkil topgan. Uning 2018 yildagi aylanmasi 36 milliard dollarni tashkil etgan. Ayni paytda, CASC Xitoyda sun’iy yo‘ldosh aloqasi bo‘yicha yagona operator hisoblanadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net