INDONEZIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

13.03.2019 15:17

2019-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Indoneziya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Sunario Kartadinatuni qabul qildi.

Elchi Vazirga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirdi.

Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida so‘nggi ikki yilda O‘zbekiston – Indoneziya muloqoti yangi bosqichga ko‘tarilganligi va bunga ikki davlat rahbarlarining 2017-yilda Pekin shahridagi uchrashuvida zamin yaratilganligi qayd etildi.

2018-yilda o‘zaro savdo aylanmasi 1,8 barobarga o‘sdi, Indoneziyaning yetakchi iqtisodiy tuzilmalari O‘zbekistonda kimyo sohasidagi yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kirishdi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida paxta yetishtirish va uni qayta ishlash klasterlarini yaratishda, Samarqand viloyatida mehmonxonani ta’mirlash ishlarida ishtirok etmoqda. Shuningdek, bir davlatning fuqarolari ikkinchisiga tashrif buyurganda bir-birlari uchun 30 kun muddatgacha bo‘lgan davrga vizalar bekor qildi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari ham muhokama qilindi.

Anvar Ilyasov olgan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net