2019-yilning 10-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Jahongir Xidayxodjayev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Xitoy Xalq Respublikasi Tashqi ishlar vazirining yordamchisi Lyu Syanfa bilan uchrashdi.
Bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida Toshkent shahrida Xitoy diplomatik vakolatxonasining yangi binosini qurish bilan bog‘liq amaliy masalalar muhokama qilindi.