YUNESKONING BUTUNJAHON MEROSI MASALALARI BO?YICHA YIG?ILISHIDA “BUXORONING TARIXIY MARKAZI” VA “SAMARQAND – MADANIYATLAR CHORRAHASI” OBYEKTLARI BORASIDAGI O?ZBEKISTONNING HISOBОTLARI KO?RIB CHIQILDI

05.07.2019 10:59

2019-yilning 4-iyul kuni YUNESKOning Butunjahon merosi qo‘mitasining (BMQ) Boku shahrida o‘tayotgan 43-sessiyasi chog‘ida O‘zbekiston tomonining “Buxoroning tarixiy markazi” va “Samarqand – madaniyatlar chorrahasi” obyektlarining saqlanganligi to‘g‘risida taqdim qilgan hisobоtlari ko‘rib chiqildi.

 

 

Mazkur hujjatlar asosida qabul qilingan qarorlarda O‘zbekiston rahbariyatining butunjahon merosi obyektlarini himoya qilish borasida ko‘rayotgan choralari, jumladan tarixiy shaharlarda qurilish ishlarini olib borishga moratoriy e’lon qilinishi to‘g‘risididagi hukumat qarori ma’qullanadi.

 YUNESKOning Buxoro shahri bo‘yicha rezolyutsiyasida Butunjahon merosi obyekti bo‘yicha Boshqaruv qo‘mitasi va yuzaga keladigan muammolarni hal etish uchun Idoralararo maqsadli guruhning tashkil etilganligi mamnuniyat bilan qayd etilgan.

 Butunjahon merosi markazi hamda Yodgorlik va qadamjolarni saqlash bo‘yicha xalqaro kengashning (IKOMOS) Buxoro shahri borasidagi tavsiyalarini bajarish bo‘yicha O‘zbekiston tomoni sezilarli ishlarni amalga oshirganini e’tirof etish darkor. Xususan, xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda shaharni saqlash bo‘yicha zaruriy hujjatlar tuzib chiqildi. Ular yaqin orada YUNESKOga taqdim etiladi.

Samarqand borasidagi hujjatda BMQ Butunjahon merosi markazi va IKOMOSga 2022-yilda Shanxay hamkorlik tashkilotining bo‘lajak sammitini o‘tkazish uchun O‘zbekiston tomonining infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha loyihalarini “ustuvorlik asosida” ko‘rib chiqish vazifasini qo‘ydi.

 Mazkur band shaharni rivojlantirish borasida hozirda xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda ishlab chiqilayotgan rejalarning tezkorlik bilan ko‘rib chiqilishini ta’minlaydi.

 Rezolyutsiyaga Samarqand shahrini Xavf ostida bo‘lgan butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida xech qanday qoida qo‘shilmadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net