Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning oxirgi ish kunida parlament palatalari rahbarlari, hukumat aʼzolari, vazirlik va idoralar mutasaddilari bilan uchrashib, yil yakunlarini sarhisob qildi va 2020-yildagi muhim vazifalarni belgilab berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navoiy viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi islohotlar, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari va qurib bitkazilgan yangi sanoat majmualari bilan tanishish maqsadida 28-dekabr kuni ushbu viloyatga tashrif buyurdi.