GUANCHJOUDA BO?LIB O?TGAN UCHRASHUV O?ZBEKISTON YOSHLARI KUNIGA BAG?ISHLANDI

04.07.2019 10:57

30 iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tomonidan Guanchjou shahrida o‘zbekistonlik vatandosh va talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

 

 

Unda Guandun provinsiyasida istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz vakillari hamda mintaqaning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan 40 dan ziyod o‘zbekistonlik talaba-yoshlar qatnashdi.

 Guandun provinsiyasi Janubiy Xitoy dengizi sohilida joylashgan mintaqa bo‘lib, Xitoyning maxsus ma’muriy tumanlari – Gonkong va Makaoga darvoza vazifasini o‘taydi. Hozirgi paytda mazkur provinsiya mamlakatning taraqqiy topgan mintaqalaridan, Xitoy iqtisodiyotini harakatlantiruvchi kuchlaridan biri hisoblanadi. Bu provinsiyada 50 dan ziyod millat va elat vakillari istiqomat qiladi.

 Provinsiyaning ma’muriy markazi – Guanchjou shahri kattaligi jihatidan Pekin, Shanxay va Tyanszin shaharlaridan keyingi to‘rtinchi o‘rinda turgani holda yirik savdo-sanoat shahri hisoblanadi.

 Hozirgi paytda Xitoy janubiy madaniyatining markazi bo‘lgan mazkur shahar hududida joylashgan ta’lim muassasalarida uch yuz nafarga yaqin o‘zbekistonlik talaba tahsil olmoqda.


 Bo‘lib o‘tgan tadbir chog‘ida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashkil etilgan kun haqida atroflicha fikr yuritildi. Alohida qayd etilganidek, ushbu muhim tuzilmaning tashkil etilishi tegishli davlat tuzilmalari va jamoatchilik e’tiborini yana bir bor yoshlar bilan bog‘liq masalalarga qaratishga, dolzarb vazifalarni belgilab olish imkoniyatini yaratdi. Mamlakatimiz kelajagi bo‘lgan yoshlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini ta’minlash, ularga o‘z intilish va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyat va davlat rivojiga munosib hissa qo‘shishi uchun yaratilgan imkoniyat – yurtimizda amalga oshirilayotgan yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy ustuvor maqsadlaridan biri ekanligi ta’kidlandi.

 Shu bilan birga, O‘zbekiston Prezidentining 2018 yil 25 sentyabrda e’lon qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha "El-yurt umidi" jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi farmoni hamda 2018 yil 25 oktyabrda qabul qilingan “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar bilan hamkorlik sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati, hozirgi paytda mazkur muhim hujjatlarning ijrosi yuzasidan diqqatga sazovor chora-tadbirlar hayotga tadbiq etilayotgani bilan bog‘liq malumotlarni o‘rtoqlashish ham suhbatning asosiy mavzularidan biri bo‘ldi.

 Bundan tashqari, chet elda yashayotgan vatandoshlar bilan doimiy muloqot va hamkorlikni rivojlantirish, ularning mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardagi ishtirokini rag‘batlantirish, shuningdek, huquq hamda manfaatlarini to‘laqonli va har tomonlama himoya qilishga ko‘maklashish yuzasidan diqqatga molik ishlar amalga oshirilayotgani ham qayd etildi. Bularning barchasi O‘zbekistonda vatandoshlar bilan hamkorlikni rivojlantirish masalasiga davlat siyosati darajasida qaralayotganidan dalolat ekanligi talabalarning e’tiboriga havola qilindi.

- Bugun shahrimizda mamlakatimiz elchixonasi tomonidan uyushtirilgan uchrashuv tom ma’noda juda mazmunli bo‘ldi, - dedi Guanchjou shahridagi Sun-Yat-sen universitetining 1-kurs talabasi Nusrat Vohidov. – Ona yurtimizda biz yoshlar uchun porloq kelajakni ta’minlash yo‘lida katta ishlar amalga oshirilayotganidan yaxshi xabardormiz. Yurtboshimiz rahnamoligi va tashabbuskorligida yoshlar salohiyatini ezgu maqsadlarga yo‘naltirish, ularni konstruktiv g‘oyalar atrofida birlashtirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar hayotga tadbiq etilmoqda.

 Mamlakatimiz parlamentining quyi palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha komissiya, “Yoshlar klubi” tuzilgani, “Mard o‘g‘lon” davlat mukofoti hamda “Kelajak bunyodkori” medali ta’sis etilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi. Mamlakatimiz yoshlarini, ularning har bir sohada samarali faoliyat ko‘rsatishlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan bunday misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

 Uchrashuv doirasida Guandun provinsiyasi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar tomonidan Guanchjou shahrining Lie de ko‘chasida joylashgan markaziy maydonda O‘zbekiston yoshlari kuniga bag‘ishlangan fleshmob o‘tkazildi.

 

 

 

 

Shuhrat Umirov,

 

“Dunyo” AA muxbiri,

 

Pekin

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net