YANGI MUASSASALAR – XALQ XIZMATIDA

04.02.2019 16:41

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mirzacho‘l tumanidagi «Binafsha» davlat maktabgacha ta’lim muassasasida yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

“Obod qishloq” dasturi asosida kapital ta’mirlangan mazkur bog‘chada bolalarning rivojlanishi uchun barcha sharoit yaratilgan. Muassasa 280 o‘ringa mo‘ljallangan. Mashg‘ulot xonalari bolalarni maktabga tayyorlash bo‘yicha ilg‘or metodikalar asosida, zamonaviy inventarlar bilan jihozlangan. Sport va o‘yin maydonchalari qurilgan. Turli interfaol o‘yinlar, buyumlar va o‘yinchoqlar bolalarning aqlini charxlashga yo‘naltirilgan. 

Maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, farzandlarimizga yaxshi tarbiya berish doimiy e’tiborimizda bo‘ladi. Bog‘chaga borgan bolaning sog‘lig‘i mustahkam, dunyoqarashi keng, o‘ziga ishonchi yuqori bo‘ladi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezidentimiz bu boradagi ishlarni izchil davom ettirish, davlat va xususiy bog‘chalar tashkil etish orqali bolalar qamrovini ko‘paytirish, shu bilan birga ta’lim-tarbiya sifatini oshirish zarurligini ta’kidladi. 

 Poliklinika binosi “Obod qishloq” dasturi asosida zamonaviy qilib qurilgan. Terapevt, pediatr, jarroh, stomatolog, oftolmolog, travmatolog, nevropotolog, psixiatr kabi mutaxassislar zarur diagnostika apparatlari va asbob-uskunalar bilan ta’minlangan.

 250 qatnovga mo‘ljallangan muassasada aholiga qulaylik yaratish maqsadida elektron ro‘yxatga olish tizimi joriy qilingan. Ayollar maslahatxonasi, kunduzgi statsionar, ijtimoiy dorixona tashkil etilgan.

Davlatimiz rahbari Mirzacho‘l tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasini ham ko‘zdan kechirdi. 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net