2019-yilning 7-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Dilshod Axatov mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Avstriya Respublikasi Yevropa, integratsiya va tashqi ishlar vazirining o‘rinbosari Yohannes Peterlik bilan uchrashdi.
2019-yilning 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Baxtiyor Ibragimov Abu-Dabi shahrida Birlashgan Arab Amirliklari Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay Amirligi Hokimi Shayx Muhammad bin Roshid Ol Maktumga o‘zining ishonch yorliqlarini topshirdi.
2019-yilning 7-mart kuni TIVda Avstriya Respublikasining Yevropa, integratsiya va tashqi ishlar masalalari bo‘yicha vaziri o‘rinbosari Yohannes Peterlik bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
2018-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Rossiya Federatsiyasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Vladimir Tyurdenevni qabul qildi.
2019-yilning 6-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizga tashrif buyurgan Luksemburg Buyuk Gersogligining Tashqi va Yevropa ishlari vaziri Jan Asselborn bilan uchrashdi.
2019-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov mamlakatimizda bo‘lib turgan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidentining Milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Hamidulla Muhib boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.
2019-yilning 6-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Estoniya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Riga shahrida) etib tayinlangan Arti Hilpusni qabul qildi.
O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2019-yilning 3-mart kuni Moskva shahrida yuz bergan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 1986-yil 4-oktabrda Namangan shahrida tug‘ilgan mamlakatimiz fuqarosi Sardorbek Akramovich G‘afurov halok bo‘lgan.
Mamlakatimizning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi Rossiyaning Sibir Federal okrugi hududida adashib yo‘qolib qolgan 80 yoshli yurtdoshimizni O‘zbekistonga qaytishiga amaliy ko‘mak berdi.