2019-yilning 16-yanvar kuni Madrid shahrida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Jahongir Ganievning Ispaniya Qiroli Filipp VI ga ishonch yorliqlarini topshirish rasmiy marosimi bo‘lib o‘tdi.
2019-yilning 11-17-yanvar kunlari Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 5-aprel kuni imzolagan “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tizimini tubdan takomillashtirish hamda tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirishda uning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga va “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Konsullik boshqarmasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti (KHD) sifatida shakllantirildi. Chet eldagi O‘zbekiston fuqarolariga yordam berish, yangi konsullik muassasalarini ochish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
2019-yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Xitoy Xalq Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Szyan Yanni qabul qildi.
2019-yilning 16-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov O‘mon Sultonligining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Ahmad bin Said bin Umar al-Kasiriyni qabul qildi.
O‘zbekiston va Germaniya munosabatlarining rivojlanishi bugungi kunga kelib yangi bosqichga ko‘tarildi. Bunda nafaqat xalqlarimiz o‘rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarning jadal suratlar bilan o‘sayotgani, balki davlatlarimiz siyosiy hamkorligining barqarorligi va o‘zaro ishonchga asoslangani ham muhim ahamiyat kasb etadi.
2019-yilning 14-yanvar kuni Pokiston tomonining tashabbusi bilan Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Qo‘shma shtabida ularning amaliyotida va ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk marotaba O‘zbekistonning davlat bayrami – Vatan himoyachilari kuni nishonlandi.