XALQARO HUNARMANDCHILIK FESTIVALI MEHMONLARNI CHORLAMOQDA (VIDEO)

26.07.2019 11:31

TOSHKENT, 26 iyul. /«Dunyo» AA/. Qo‘qon shahrida joriy yilning 10-15 sentyabrida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro hunarmandchilik festivaliga qizg‘in tayyorgarlik ko‘rilmoqda, deb xabar qilmoqda UzA ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi..

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 noyabrdagi “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 noyabrdagi “Xalqaro hunarmandchilik festivalini o‘tkazishning tashkiliy chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari bu borada dasturilamal bo‘lmoqda.

 Shahar ahli katta shodiyonaga uzoq-yaqin xorij davlatlari, mamlakatimizning barcha hududlaridan tashrif buyuradigan mehmonlarni o‘ziga xos tarzda kutib olishga alohida hozirlik ko‘rayotir.

 Festival dasturiga binoan xorijiy va mahalliy hunarmandlarning ko‘rgazma-savdosi, ko‘rik-tanlovi, mahorat darslari, ilmiy-amaliy konferensiya hamda folklor-etnografik guruhlarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi.

 Turli xalq o‘yinlari, teatr tomoshalari, an’anaviy kurash, chavandozlik, qo‘g‘irchoqbozlar hamda mahalliy dizaynerlarning moda namoyishlari, palov tayyorlash, o‘zbek an’anaviy musiqa va raqs konsert dasturlari o‘tkaziladi.

 E’tiborlisi, festivalda qatnashish istagini bildirayotgan mehmonlar soni kun sayin ortib bormoqda.

https://youtu.be/pmobwRu6h3k

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net