TURKIYA ELCHISI BILAN UCHRASHUV

30.01.2019 15:48

2019-yilning 30-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Turkiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi etib tayinlangan Mehmet Sureyya Erni qabul qildi.

Ishonch yorliqlari nusxasini qabul qilar ekan, Vazir Elchini tayinlov bilan samimiy qutladi va unga muvaffaqiyatlar tiladi.

 Mehmet Sureyya Er qutlov uchun minnatdorchilik bildirdi va mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shish uchun bundan avvalgi faoliyati, jumladan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti o‘rinbosari lavozimidagi barcha tajribasidan foydalanganligiga ishontirdi.

 Suhbat chog‘ida ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

 O‘tgan yil bahorida bo‘lib o‘ygan Prezident Rejep Tayyib Erdog‘anning O‘zbekistonga davlat tashrifi va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan samarali muzokaralari davlatlararo munosabatlarda yangi sahifa ochgani ta’kidlandi.

 O‘zbekiston tomonining ma’lumotlariga ko‘ra, 2018-yili o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 40 foizga o‘sib, 2 milliard 172 million AQSh dollarini tashkil etdi. Mamlakatimizga 75 mingga yaqin Turkiya fuqarolari tashrif buyurdi, bu esa o‘tgan yilga qaraganda deyarli ikki baravar ko‘pdir. Bu kabi ijobiy o‘zgarish o‘zaro munosabatlarning boshqa sohalarida ham kuzatilmoqda.

 Uchrashuvda boshlangan yildagi qo‘shma tadbirlar rejasi va kun tartibi yuzasidan fikr almashildi, ushbu tadbirlar orasida ikki davlat rahbarlarining raisligida Strategik hamkorlik bo‘yicha Oliy kengashning birinchi majlisi markaziy hisoblanadi. Shu nuqtayi nazardan, 2019-yilda O‘zbekiston-Turkiya siyosiy muloqotining asosiy voqeasiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net