O‘zbekistonning Koreya Respublikasidagi Elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, 2019-yil 2-yanvar kuni Yongnam shahrida mamlakatimiz fuqarosi Sharofiddin Choriyev (29.11.1995-yilda tug‘ilgan) “DHMC” zavodida ishlayotgan chog‘ida bosh miya jarohatidan vafot etdi.
Sh.Choriyev O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi orqali Koreya Respublikasiga borgan. Ayni paytda sud-tibbiyot ekspertizasi bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.
O‘zbekiston elchixonasi tomonidan marhum tanasini vatanga jo‘natish uchun o‘lim haqidagi guvohnomani rasmiylashtirishda ko‘mak ko‘rsatildi.