O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 13 dekabr kuni Anqara shahrida ro‘y bergan poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida ko‘plab insonlar halok bo‘lgani va jarohatlangani munosabati bilan Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘anga hamdardlik bildirdi.
2018-yilning 13-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Ilhom Ne’matov mamlakatimizga tashrif buyurgan Xalqaro mehnat tashkiloti Bosh direktori Gay Rayder bilan uchrashdi.
2018-yil 13-dekabr kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining oʻn yettinchi yalpi majlisi ish boshladi. Yalpi majlisda hukumat aʼzolari, vazirlik va markaziy idoralar rahbarlari, mamlakatimiz va xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.
Ilgari kardiologik yoki endokrinologik kasallik bilan og‘rigan qashqadaryolik bemorlar poytaxtimizga, ba’zan xorijiy davlatlarga borib davolanardi. Endi xorijliklar shifo izlab Qarshiga kelishi mumkin. Chunki bu yerda eng so‘nggi rusumdagi uskunalar bilan jihozlangan zamonaviy shifoxonalar bor.
G‘uzor tumanidagi ushbu hudud yaqin-yaqingacha quruq dasht edi. Bu yerda qurilishi mo‘ljallagan zavod loyihasi to‘xtab qolgan, uni boshlashga hech kim jur’at qilolmayotgandi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi
2018-yilning 12-dekabr kuni Stokgolm shahrida O‘zbekiston Respublikasining Shvetsiyadagi Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Berlin shahrida) Nabijon Qosimovning Shvetsiya Qiroli Karl XVI Gustavga ishonch yorliqlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
2018-yilning 13-dekabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Litva Respublikasi tashqi siyosat idoralarining rahbarlari o‘rinbosarlari darajasida tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi o‘tkaziladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori