SHVETSIYADA MAMLAKATIMIZ FUQAROLARI MUDDATIDAN OLDIN OVOZ BERDI

20.12.2019 13:28

STOKGOLM, 20 dekabr. /"Dunyo" AA/. Shvetsiyada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovda muddatidan avval ovoz berishda qatnashdi, deb xabar beradi "Dunyo" AA muxbiri.

 

Qayd etish joizki, mamlakatimizning Berlindagi elchixonasiga 22 dekabr kuni kelish imkoni bo‘lmagan fuqarolarimizga qulaylik yaratish maqsadida saylovlar tarixida birinchi marta Shveysariya Qirolligida ham o‘zbekistonliklar uchun muddatidan oldin ovoz berish jarayoni tashkil etildi.

 

Saylov uchastkasiga saylovchilar o‘z oilalari bilan keldi. Yurtdoshlarimizdan biri Ramiz Xo‘jamurodov "Dunyo" axborot agentligiga bergan intervyusida uning ovozi mamlakatimiz kelajagi uchun ahamiyatli ekaniga ishonishini bildirdi.

 

- Mamlakatimiz qanday rivojlanishi, uning siyosati nimalarga qaratilishi, bir vaqtning o‘zida qanday ijtimoiy muammolar hal etilishiga bunchalik e’tibor bermas edik, - deydi u.

 

Shuni qayd etishimiz joizki, Yevropa Ittifoqi hududida bo‘lib turgan fuqarolarimiz saylov kuni mamlakatimizning Berlindagi elchixonasi va Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasida tashkil etilgan saylov uchastkalariga kelib, o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanishi mumkin.

 

Ovoz berish bilan bog‘liq barcha masalalar yuzasidan quyidagi manzillarga murojaat qiling:

 

O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi: Perleberger Str., 62, 10559 Berlin, Tel: +49 (0) 30-39409830, faks: +49 (0) 30-39409862, el.manzil: bоtschaft@uzbekistan.de, veb-sahifa: www.uzbekistan.de.

 

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayndagi Bosh konsulxonasi: Eschenheimer Anlage, 1, 60316 Frankfurt am Main, Tel: +49 (0) 699 15011110, faks: +49 (0) 699 15011115, el.manzil: gk.usbekistan@gmail.com, veb-sahifa: www.gk-usbekistan.de.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net