KUVAYT BOSH VAZIRINING BIRINCHI O?RINBOSARI BILAN UCHRASHUV

29.03.2019 14:49

2019-yilning 29-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Toshkent shahrida mamlakatimizda shaxsiy tashrif bilan bo‘lib turgan Kuvayt Davlati Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Mudofaa vaziri Shayx Nosir Saboh al-Ahmad as-Saboh bilan uchrashdi

Suhbat chog‘ida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari hamda xalqaro va mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

O‘zbekiston – Kuvayt munosabatlarini rivojlantirish, ularga ko‘p qirrali tus berish uchun sezilarli salohiyatning mavjudligi e’tirof etildi.

Savdo-iqtisodiy va investitsion sohadagi aloqalarni rivojlantirishning ustuvor vazifalariga, O‘zbekistonda muhim ijtimoiy-iqtisodiy va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish uchun Kuvayt arab iqitisodiy rivojlanish fondi va boshqa investorlarning moliyaviy mablag‘larini jalb qilishga alohida e’tibor qaratildi. Orolbo‘yi mintaqasida ijtimoiy loyihalarni ro‘yobga chiqarish to‘g‘risida kelishib olindi.

Shuningdek, Markaziy Osiyoni Yaqin va O‘rta Sharq mintaqasi bilan bog‘lovchi transport korridorlarini diversifikatsiya qilishga o‘zaro qiziqish bildirildi. Shu jihatdan “O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – O‘mon” transport korridorining muhimligi qayd etildi.

Uchrashuvda ikki tomon kun tartibining boshqa masalalari yuzasidan ham fikr almashildi.

Muzokaralarda Kuvayt Elchisi Ahmad Xolid Al-Jiyron ishtirok etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net