Davlatimiz rahbari Ozarbayjon yetakchisini Prezident saylovi muvaffaqiyatli o'tkazilgani bilan telefon orqali tabrikladi

07.02.2024 03:19

/«Dunyo» AA/. O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqotda ushbu mamlakat Prezidentligiga navbatdan tashqari saylov muvaffaqiyatli o'tkazilgani bilan samimiy tabrikladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Davlatimiz rahbari matbuot xizmati ma’lumotiga ko'ra, saylovchilar ishtiroki va faolligi yuqori darajada bo'lganini qayd etib, O'zbekiston Prezidenti qardosh ozarbayjon xalqi davlat kelajagi, kuchli va gullab-yashnagan Ozarbayjon uchun ovoz berib, to'g'ri qaror qabul qilganiga ishonch bildirdi.

Suhbatda O'zbekiston–Ozarbayjon strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko'rib chiqildi. Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni to'liq amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Savdo-iqtisodiy hamkorlik ijobiy sur’atda rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. O'tgan yil yakunlariga ko'ra tovar ayirboshlash 30 foizga oshdi. Qo'shma Investitsiya kompaniyasi o'z ishini boshladi, avtomobilsozlik, elektrotexnika, to'qimachilik, qishloq xo'jaligi, turizm va boshqa tarmoqlardagi kooperatsiya loyihalari faol amalga oshirilmoqda.

Xalqaro tuzilmalar, shu jumladan Turkiy davlatlar tashkiloti doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bo'lajak tadbirlar rejasi ko'rib chiqildi.

O'zbekiston Prezidenti matbuot xizmati arxividan olingan surat

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net