«Dunyo» AA/. O‘zbekistoning «Uzbekistan GTL» zavodi dunyoning neft-gaz va kimyo sanoati sohasidagi eng nufuzli mukofoti, jahon energetika sanoatining «Oskar» mukofoti sifatida e’tirof etilgan «2022 Platts Global Energy Awards» – AQSHning «S&P Global» nufuzli hakamlar hay’ati tomonidan «Uglevodorodlarni qayta ishlash sohasi va kimyo sanoatidagi ulkan muvaffaqiyatlari uchun» nominatsiyasida dunyoning yetakchi korxonalari qatorida nomzod sifatida tanlandi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
TOSHKENT, 4 oktyabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining Buxoro viloyati, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining 2022-2026 yillarda turistik salohiyatini kompleks rivojlantirish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
TOSHKЕNT, 4 oktabr. /«Dunyo» AA/. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, Konstitutsiyaviy komissiya matbuot kotibi Odiljon Tojiyev «Dunyo» AA uchun intervyusida mamlakatimiz parlamenti a’zolari tomonidan «O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘zlab berdi.
Dunyo” AA/. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov bugun Isroil elchisi Ziavet Ben Hillel bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.
“Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasining umumxalq muhokamasi “Xalq – qonunlarning yagona manbai va muallifidir” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida va jamoatchilik fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi” degan tamoyillarga asoslangan holda oʻtkazilmoqda.