O?ZBEKISTON DELEGATSIYASI “MARKAZIY OSIYO + YAPONIYA” MULOQOTINING VAZIRLAR UCHRASHUVIDA ISHTIROK ETDI

19.05.2019 11:41

2019-yilning 18-may kuni Dushanbe shahrida “Markaziy Osiyo + Yaponiya” muloqoti Tashqi ishlar vazirlarining 7-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Yaponiyaning tashqi siyosat idoralari rahbarlari ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda Muloqot ishtirokchi davlatlarining savdo-sotiq, investitsiya, rivojlanish va turizm sohalaridagi amaliy hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Alohida sessiya mintaqaviy xavfsizlik va ushbu sohadagi hamkorlik masalalariga bag‘ishlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov o‘z nutqida 15 yil mobaynida Muloqot Yaponiya va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasida iqtisod, transport, energetika, turizm, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalardagi o‘zaro hamkorlikning muhim maydoniga aylanganini ta’kidladi.

O‘zbekiston delegatsiyasi rahbari mintaqadagi vaziyatning rivojlanish tendensiyalariga to‘xtalar ekan, Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarlarining siyosiy irodasi va tomonlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari hamda o‘zaro maqbul yechimlarni topishga tayyorlik tufayli so‘nggi ikki yil mobaynida mintaqada yangi siyosiy ishonch va yaxshi qo‘shnichilik muhiti yaratilganini ta’kidladi. Bu “Markaziy Osiyo + Yaponiya” shaklidagi hamkorlikni sezilarli yaxshilash va samaradorligini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.

“O‘tmishda xalqlarimizning farovonligini yanada rivojlantirish va oshirish maqsadida o‘zaro yaqinlashish va umumiy manfaatlarga erishish yo‘lida to‘siqlar yaratgan ko‘plab masalalarni hal qilishda ulkan yutuqlarga erishildi”, - dedi Abdulaziz Kamilov. – Savdo, investitsiya, transport-kommunikatsiya, kooperatsion ishlab chiqarish va madaniy-gumanitar aloqalar, chegara orqali va mintaqalararo hamkorlik, xavfsizlikni ta’minlash va zamonaviy xavf-xatar va tahdidlarga birgalikda qarshi kurashish sohasidagi hamkorlik faollashdi”.

Ta’kidlanganidek, BMT ekspertlari hisobiga ko‘ra Markaziy Osiyo mamlakatlarining samarali hamkorligi natijasida mintaqaviy yalpi ichki mahsulot 10 yil davomida kamida ikki marta o‘sishi mumkin va bu o‘zaro farovonlik yo‘lida mintaqa davlatlari o‘z oldiga qo‘yishi kerak bo‘lgan real vazifadir.

O‘zbekiston TIV rahbari ishonch bildirdiki, Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga katta hissa qo‘shayotgan Yaponiya bilan hamkorlik bundan keyin ham keng ishlatilmagan salohiyatidan samarali foydalanish, jahonning savdo-iqtisod va transport aloqalari tizimiga yanada ko‘proq integratsiyalashuviga xizmat qiladi.

Yig‘ilish yakuniga ko‘ra Qo‘shma bayonot qabul qilindi, unda “Markaziy Osiyo + Yaponiya” shaklidagi hamkorlikning hozirgi holati va yanada rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlar belgilandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net